Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 28 764 ta aviaqatnovlar amalga oshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
29.08.2023 3329 Yangiliklar

2023-yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari tomonidan 28 764 ta aviaqatnovlar amalga oshirilib, jami 3 604,8 ming nafar yo‘lovchi tashildi. Shulardan, xorijiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 16 618 ta, mahalliy yo‘nalishlarda shaharlararo amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni  12 146 ta tashkil etdi.

 

2023 yilning yanvar-iyul oylari davomida Uzbekistan Airways, Qanot sharq, Panorama airways va Humo air aviakompaniyalariga qo‘shimcha ravishda Centrum air, Silk avia, Asia Union Airlines va Tashkent air aviakompaniyalari tashkil etilib, xizmat ko‘rsatishni boshladi.

 

Hozirda, “Uzbekistan Airways” AJ, “Qanot Sharq”, “Centrum Air”, “Silk avia” hamda “Humo Air” aviakompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mahalliy 12 ta yo‘nalishda haftasiga 97 ta muntazam aviaqatnovlar hamda xalqaro yo‘nalishlarda 26 ta davlatga 154 ta yo‘nalishda haftasiga 450 ta aviaqatnovlar bajarilmoqda.

 

Yana bir muhim jihat milliy aviatsiya parkimizni kengaytirish maqsadida o‘tgan yanvar-iyul oylari davomida “Uzbekistan airways” AJ hamda xususiy aviakompaniyalar tomonidan 21 ta qo‘shimcha havo kemalari olib kelindi.

 

Bugungi kunda rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan mamlakatimizga/dan amalga oshirilayotgan xalqaro aviaqatnovlar chastotasi haftasiga 700 tadan oshirildi.

 

Respublikamizdagi 11 ta xalqaro aeroportlar va uchish-qo‘nish maydochalari orqali 2023-yil yanvar-iyul oylarida 45 682 ta havo kemalariga xizmat ko‘rsatildi.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o‘rtasida havo qatnovi sohasida davlatlararo va hukumatlararo darajada 52 ta xalqaro shartnomalar imzolangan bo‘lib, mamlakatimizga parvozlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar soni 37 taga etdi.

 

Hozirda, ushbu aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan parvozlar soni 2018-yilga nisbatan 2 barobarga ko‘payib xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan jami parvozlarning 49 foizini tashkil qilmoqda.