Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Kabotaj tashuvlariga qarshi nazorat tadbirlari to‘g‘risida rasmiy ma’lumot

Chop etish Sahifani ulashish
03.08.2023 2855 Yangiliklar

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi avtmobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

 

Mazkur reyd tadbirlari jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1252-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

 

2023 - yilning yanvar – iyul oyi yakunlari bo‘yicha Transport vazirligining avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1252-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish bilan bog‘liq 313 ta holat aniqlangan.

 

Ushbu holatlar yuzasidan jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. Joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida kabotaj tashuvlari bilan bog‘liq eng ko‘p holatlar Toshkent viloyati (140 ta), Namangan viloyati (53 ta), Surxondaryo viloyati (20 ta), Sirdaryo viloyati (19 ta) va Samarqand viloyatida (17 ta) qayd etilgan.

 

Shuningdek, 2023 - yilning yanvar – iyul oyi davomida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish) huquqbuzarlikni sodir etish bilan bog‘liq 577 ta holat aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.

 

Shu o‘rinda milliy tashuvchilardan kabotaj tashuvlari bilan bog‘liq holatlar to‘g‘risida (aniq va ishonchli) ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda vazirlikning 1167 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berishlarini so‘raymiz.