Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Karantin davrida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishning vaqtinchalik tartibi

Chop etish Sahifani ulashish
05.05.2020 8130 Yangiliklar

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tratib davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishning vaqtinchalik tartibi belgilandi.

         Ushbu tartibga ko‘ra, alohida topshiriq bo‘lgunga qadar yuk avtotransport vositalarining harakati faqatgina quyidagi Davlat chegara o‘tkazish punktlari orqali amalga oshirilishi belgilandi:

 

 Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan – “Termiz”;

- Turkmaniston Respublikasi bilan – “Olot”;

- Tojikiston Respublikasi bilan – “Sarosiyo”, “Oybek” va “Plotina”;

- Qirg‘iziston Respublikasi bilan – “Do‘stlik”, “O‘zbekiston”, “Vodil”, “Chashma”, “Oq qiya”;

- Qozog‘iston Respublikasi bilan – “Daut-ata”, “Guliston”, “Yallama”, “Zangiota”, “Toshkent”.

 

        O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 apreldagi qaroriga muvofiq, avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishning vaqtinchalik tartibi quyidagicha etib belgilandi.