Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Keksalari eʼzozlangan yurt!

Chop etish Sahifani ulashish
08.10.2021 3537 Yangiliklar

 

Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʼrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora tadbirlari toʼgʼrisida” gi qaroriga muvofiq 2019-yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi yurtimizda “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.

Mazkur haftalik doirasida mamlakatimiz boʼylab, turli maʼnaviy – maʼrifiy tadbirlar, keksa avlod vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ham “Keksalar haftaligi” doirasida nuroniylar koʼngli shod etildi. Mirzo Ulugʼbek tumanida joylashgan “Shoʼrtepa” MFY faxriylari uchun poytaxtimizda barpo etilgan “Yangi Oʼzbekiston” bogʼiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilarga bu yerda joylashgan mustaqillik monumenti, muzey va ushbu bogʼ haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Chinakam bayram ruhida oʼtgan mazkur sayohat tadbiri nuroniylarda katta taassurot qoldirdi.