Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati

Chop etish Sahifani ulashish
07.12.2022 3505 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Transport vazirligida “Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari kafolati – taraqqiyot garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Vazirlik markaziy apparati, hududiy transport boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda Bosh Qomusimiz mazmun-mohiyati va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati haqida so‘z bordi.

 

Bugungi kunda Bosh Qomusimiz mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Tadbirda ta’kidlaganidek, Konstitutsiyaning muhim jihati, unda inson huquqlari eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilganidir.

 

Zero, Bosh Qomusimizning barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatning majburiyati ushbu huquq va erkinliklarni ta’minlashda aks etadi.

 

Tadbirda ishtirok etgan Toshkent davlat transport universiteti professori, yuridik fanlar doktori A.Dadasheva Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik-huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh Qomusimizning haqchilligi, xalqaro huquq normalariga to‘la mos ekanligi haqida atroflicha ma’lumot berdi.