"O'zbekiston temir yo'llari" AJ logistika sohasi va konteyner tashuvlarini faol rivojlantirishda davom etmoqda. 2020 yilning o'tgan davrida tranzit konteynerlarda tashishlar o'tgan yilning shu davrga nisbatan 118 foizni tashkil etdi.
Xitoy, Qozog'iston va boshqa mamlakatlarning temir yo'llari bilan, hamda «First dry port terminal» QK, «TRANSGROUP SYSTEMS L.P.»lar kabi xususiy logistika va ekspeditorlik kompaniyalari bilan o'zaro faol hamkorlik maxsuloti sifatida Xebey provinsiyasining Shitszyatchjun shahri (Xitoy)dagi Ibo xoldingining "aqlli" portidan Toshkentdagi temir yo'l stansiyalariga yonaltirilgan konteyner blok-poyezdlarni tashkil qilinishidir.
Shunisi e'tiborga loyiqki, ilgari avtotransportda tashilgan va pandemiya paytida to'planib qolgan yuklar temir yo'l transportiga yo'naltirilayotgan bo‘lib, bu - yuk egalari uchun qulay transport sharoitlari bilan Ibo Xolding porti (Xitoy) - Oltinqul davlatlararo chegara punkti - Sariog'och (Qozog'iston) orqali Toshkent shahridagi temir yo'l stantsiyalarigacha keltiriladi.
50 ta vagondan tashkil topgan konteyner blok-poyezdi uchta mamlakat hududi orqali tovarlarni yetkazib berishda yo‘lda raqobatbardosh bo'la oladigan tezlik bilan harakat qiladi.
Jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan O'zbekistonning xususiy ekspeditorlik va logistika kompaniyalari bugungi kunda ta'minotni uzviy tashkil etishda o'zlarini ishonchli hamkor sifatida namoyon etishmoqda.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ xususiy ekspeditorlik va logistika kompaniyalari bilan konteyner blok-poyezdlarni shakllantirish va ko'paytirish borasida faol ishlarni davom ettiradi hamda doimiy hamkorlikka tayyorligini m'alum qiladi.