Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Koreya bilan hamkorlikda aeronavigatsiya xizmatlari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
14.06.2023 1515 Yangiliklar

 

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK rahbariyati hamda mutaxassislari rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyaning Seul shahriga tashrif buyurdi. Ishchi tashrifning birinchi kunida Koreya aeroportlari assotsiatsiyasi (KAC) bosh direktori janob Xyo’n Yung Yun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqot chog‘ida tomonlar aeronavigatsiyani rivojlantirishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma hamkorlik masalalarini muhokama etishdi. Assotsiatsiya vakillari tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.

 

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK xodimlari “NAVAID” laboratoriyasiga tashrif buyurib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, markaz jamoasi Gimpo aeroportidagi navigatsiya va joylashuv komplekslarini ko’zdan kechirdi.