Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Koreya transport instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
23.09.2022 3608 Yangiliklar

 

Uchrashuvda Transport vazirligi mutaxassislari, shuningdek, Toshkent shahar transport boshqarmasi, Toshkent shahar transport tizimini kompleks rivojlantirish loyiha ofisi, Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi mutasaddilari Koreya transport instituti (“KOTI”) va “DMEC”, “Yooshin Engineering Corp”, “Moon Engineering Co., Ltd” kompaniyasi rahabarlari o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan grant loyihasi yuzasidan tegishli masalalarni muhokama etishdi.

 

Janubiy Koreyaning 2 mln AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “KOTI” konsortsiumi bilan hamkorlikda “2022–2024 yillarga mo‘ljallangan Toshkent shahrida aqlli shahar transport tizimini yaratish bo‘yicha bosh reja” loyihasini ishlab chiqishni amalga oshiradi.

 

Loyihaning maqsadi Toshkent shahrida iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan optimal transport tizimini yaratish, jamoat transport tizimiga alohida e’tibor qaratgan holda shahar transport tarmog‘ini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli rejalarini tayyorlashdan iboratdir.