Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Korrupsiya har qanday jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladigan illat  

Chop etish Sahifani ulashish
03.10.2024 724 Yangiliklar

Taraqqiyot yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lib, jamiyat rivoji, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illat bu – korrupsiyadir. Korrupsiyasiz jamiyatga boshlovchi eng asosiy shartlardan biri bu - yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat, jamiyatdagi korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishdir.

 

Ayni shu maqsadda Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan poytaxtimizdagi 18-avtobus saroyida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 

“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi barcha avtobus saroylarining haydovchilari, navbatchi mexanik, avto saf boshliqlari, kassirlar  ishtirokida tashkil etilgan tadbirda korxona ish faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish, bunda korrupsiya illatining oldini olish, mazkur jarayonda har bir bo‘g‘inda faoliyat olib borayotgan xodimlarning mas’uliyatini oshirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Shuningdek, tadbirda Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Komilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.