Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Korrupsiyaga qarshi kurash dolzarb vazifa

Chop etish Sahifani ulashish
16.02.2023 2773 Yangiliklar

 

Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida vazirlikning Komplaens nazorat xizmati tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

  

Xususan, viloyat transport boshqarmalarining avtomobil tashuvlarini nazorat qilish inspektorlari o‘rtasida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, nazorat tadbirlarini o‘z xizmat vazifasiga sodiq bo‘lgan holda o‘tkazish yuzasidan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

  

Jumladan, Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi xodimlari bilan korrupsiya jinoyati va uning oqibatlari mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

 

Tadbirda vazirlik Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i B.Qoraboyev jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligini garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsada, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘lishini ta’kidladi.

 

Tadbirda barcha xodimlar eng avvalo ushbu illatga qarshi o‘zida toqatsizlik va murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishi, o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi lozimligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.