Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi

Chop etish Sahifani ulashish
13.11.2024 644 Yangiliklar

Jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongini va dunyoqarashini o‘zgartirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishish mumkin.

 

Zero, korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holati hamdir. Ushbu illat fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartirib, jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.

 

Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilangina ushbu umuminsoniy illatga qarshi kurashda kutilgan natijaga erishish mumkin.

 

Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda Samarqand va Jizzax viloyati transport boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga sharoit yaratib beruvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

 

Transport vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlarda ma’ruzachilar so‘ngi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlanish borasida amalga oshirilgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.