Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

Chop etish Sahifani ulashish
12.11.2024 760 Yangiliklar

Transport vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda viloyat transport boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga sharoit yaratib beruvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyati transport boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirlarda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. 

 

Tadbirda Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Komilov so‘zga chiqib, barcha xodimlar eng avvalo korrupsiya illatiga qarshi o‘zida toqatsizlik va murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishi, o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi lozimligi yana bir bor aytib o‘tdi.

 

Tadbirda shuningdek, korrupsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvining shakllari, uning oqibatlari, shu jumladan tizimda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Bu kabi profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi tizim xodimlarining o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishiga hamda transport tizimining “Korrupsiyadan holi tizimga aylanishi”ga zamin yaratadi.