Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Krasnogorsk” qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va  Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yo‘lga qo‘yildi 

Chop etish Sahifani ulashish
15.04.2023 4663 Yangiliklar

 

Bugungi kunda aholiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, nafaqat shahar hududidagi yo‘nalishlarda balki olis qishloq hududlarini tuman markazlari bilan bog‘lash, tuman markazlarini esa viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda ham jamoat transporti qatnovini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

 

Tegishli topshiriqlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun 15-aprel erta tongdan Toshkent viloyatining Parkent tumani “Krasnogorsk-Qiziltog‘” shaharchasi aholisiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘satishni tashkil etish uchun qator yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Xususan, “Krasnogorsk – So‘qoq – Changi – Parkent”, “Krasnogorsk – Yangibozor – Toshkent” hamda “Krasnogorsk – Yangibozor – Nurafshon” shahriga qatnaydigan, uzoq yillar  davomida  to‘xtab qolgan avtobus yo‘nalishlari  faoliyati qayta tiklandi.

 

Transport vazirligi Toshkent viloyati Transport boshqarmasi tomonidan VH-405-sonli “Qiziltog‘ qishlog‘i – Parkent AShB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 3 ta harakat jadvallari bilan VH-390-sonli “Nevich mahallasi – Rohat – Qo‘yliq 5-metro bekati (Qiziltog‘ qishlog‘i orqali)” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 7 ta harakat jadvallari bilan hamda VH-416-sonli “Qiziltog‘ qishlog‘i – Nurafshon AShB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 1 ta harakat jadvali bilan tashkil etildi.

 

Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib borish vazifasi “Krasnogorsk Avto Xizmat” MChJga yuklatildi. Hozirda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor tomonidan har bir yo‘nalishga 4 tadan  transport ajratildi. Keyinchalik yo‘lovchi oqimini  hisobga olgan holda avtobuslar soni ko‘paytirilishi rejalashtirilgan.

 

Ushbu yo‘nalishlarda qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida yurtdoshlarimiz uchun turizm qishlog‘i bo‘lgan Krasnogorsk (Qiziltog‘)ga Toshkent shahri Qo‘yliq mavzesidan, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi Nurafshon shahridan hamda Parkent tuman markazidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobuslarda yetib olish imkoniyati yaratildi.