Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Latviya bilan tashuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
07.11.2024 675 Yangiliklar

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Latviya Respublikasi Transport vaziri maslahatchisi Yanis Meyrans boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida ikki tomonlama yuk tashuvlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashdi.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishda Latviya portlari orqali o‘tadigan yo‘nalish ahamiyati ortib bormoqda.  Ayni shu jihatni inobatga olgan holda uchrashuvda Latviya port infratuzilmasi salohiyatidan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, tomonlar yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.