Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Latviya portlari orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.06.2024 1992 Yangiliklar

11-12 - iyun kunlari xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Latviya qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlari hajmini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishda Latviya portlari orqali o‘tadigan yo‘nalish ahamiyati ortib bormoqda. Ayni shu jihatni inobatga olgan holda yig‘ilishda Latviya port infratuzilmasi salohiyatidan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Latviya transport vazirligi jamoat transporti departamenti boshlig‘i Anniya Novikova o‘zaro hamkorlik doirasida o‘zbek milliy tashuvchilari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

 

Uchrashuvda tomonlar Latviya portlari orqali yuklarni avtomobil transportida tashishni tashkil etish bo‘yicha maxsus ruxsatnoma blankalarini taqdim etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Shuningdek, 2024-yil uchun o‘zaro almashiladigan ruxsatnomalar kvotasi belgilab olindi.