Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Litvaning Olmaotadagi bosh konsuli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.11.2024 623 Yangiliklar

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Litva Respublikasining Olmaotadagi bosh konsuli Gvidas Kerushauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

 

Xususan, tomonlar tashuvlar hajmi oshirish, yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari almashish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

 

Shuningdek, uchrashuvda temir yo‘l vagonlarini ta’mirlash,  Vilnyus shahriga aviareyslarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.