Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lini ta’mirlashda zamonaviy muhandislik yechimlari qo’llanilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
07.06.2023 3447 Yangiliklar

Hozirgi vaqtda og‘ir yuk avtomobillarning soni ortib borishi, Sirdaryo viloyatidagi gruntlarning sho‘rlanishi, sizot suvlari yo‘l poyiga yaqinligi natijasida avtomobil yo‘llarida xizmat qilish muddatidan avval turli xil deformatsiyalar yuzaga kelmoqda. Yo‘l to‘shama konstruksiyasining mustahkamligini yaxshilash, yuk ko‘tara olish qobiliyatini oshirish va xizmat qilish muddatini uzaytirish maqsadida innovatsion geotekstil materiallaridan foydalanish muhandislik yechimi sifatida qaralmoqda. Ushbu tajriba Sirdaryo viloyatidan o‘tuvchi M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 121-122 km oralig‘idagi rekonstruksiya ishlarida qo’llanilmoqda. Ushbu jarayonda Toshkent davlat transport universiteti talabalari ham ishtirok etmoqda.