Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

М39 va M41 avtomagistrallarini qisqa masofada birlashtiruvchi yangi yo’l barpo etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
06.06.2023 4175 Yangiliklar

OTB mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km (65 km) qismini va 4R100 “Mang‘uzor – Jarqo‘rg‘on – Bandixon – Oltinsoy – Denov” avtomobil yo‘lining 128-174 km (46 km) qismini rekonstruktsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida rekonstruktsiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 km tashkil etadi.

 

Mazkur avtomobil yo‘llarini rekonstruktsiya qilinishi bilan Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun mavjud 298 km uzunlikdagi avtomobilь yo‘li 146 km qisqartiriladi va natijada masofa 152 km tashkil etadi.