Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlash dolzarb masala

Chop etish Sahifani ulashish
21.06.2021 5975 Yangiliklar

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “mahallabay” ishlash tizimining joriy etilishi yurtimizda aholi farovonligini yuksaltirish, bandligini ta’minlash hamda daromadini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Qolaversa, ushbu tizim doirasida aholining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mahallalardagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda mahalla faollari, ayniqsa, nuroniylarimiz alohida o‘rin tutadi.

Shu nuqtai nazardan, Transport vazirligi tomonidan “mahallabay” ishlash tizimi doirasida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani mahallalari aholisi ishtirokida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisida tumanning “Alpomish” mahallasida istiqomat qiluvchi mahalla faollari va nuroniylardan iborat guruhning poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasi hamda Toshkent viloyatidagi Zangiota ziyoratgohiga sayohati tashkil etildi.