Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Malakali kadrlar - har bir sohaning ishonchli poydevori

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2024 1291 Yangiliklar

Yuqori kasb-mahorati va zamonaviy tafakkurga ega kadrlar har bir soha va tarmoqning rivojlanishida asosiy omillardan biridir.

 

Ayni shu jihatni inobatga olgan holda mamlakatimizda davlat sektorida rahbar kadrlar tarkibini barqaror ta’minlash, uning sifatini yaxshilash, davlat xizmatchisining kasbiy bilimini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Xususan, Transport vazirligining kadrlar siyosatiga asosan vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar tarkibining bilim va malakasini tahlil qilish, muntazam ravishda ular malakasini oshirish hamda istiqbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlar doirasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari, Transport nazorati inspeksiyasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari mas’ullar tomonidan maxsus test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.