Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri

Chop etish Sahifani ulashish
05.10.2024 598 Yangiliklar

Transport vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan “Jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish” mavzusida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 

4-oktabr kuni “Toshkent” avtovokzalida o‘tkazilgan tadbirida “O‘zavtovokzal servis” MChJ hamda “Uzautotrans servis” MChJ xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Komilov so‘zga chiqib, manfaatlar to‘qnashuvi shakllari, uning oqibatlari, shu jumladan tizimda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar tushunchalari hamda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvining oqibatlari va ushbu qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

 

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.