Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mangu hilpirayver vatan bayrog‘i

Chop etish Sahifani ulashish
18.11.2024 365 Yangiliklar

 

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun hamda ushbu sanaga 33-yil to‘lishi munosabati bilan Transport vazirligida “Millat bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. Shu ma’noda, milliy bayrog‘imiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda rolini ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Asrorbek Sattorov ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda Davlat bayrog‘i millatning birligi, mustaqilligi timsoli sifatida o‘sha xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida ifoda etishi ta’kidlab o‘tildi.