Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida transport sektori bo'yicha muvofiqlashtiruvchi qo'mitaning 20-chi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2023 3245 Yangiliklar

2023-yil 22-25-may kunlari Tbilisi shahrida (Gruziya) Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida transport sektori bo'yicha muvofiqlashtiruvchi qo'mitaning 20-chi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Transport vazirligi delegatsiyasi ushbu tadbirda ishtirok etib, unda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "O'zbekiston temir yo'llari" AJ loyihalari taqdim etildi.

 

20-yig'ilish davomida 2030-yilgacha temir yo'l, yo'l aktivlarini boshqarish, yo'l harakati xavfsizligi, aviatsiya, transchegaraviy transport va logistika masalalari bo'yicha rejalar belgilab olindi. Yig'ilish yakunlari bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida transport sektori bo'yicha muvofiqlashtiruvchi qo'mitaning kelajak tadbirlari bo'yicha harakatlar rejasini tasdiqlash to'g'risida qaror qabul qilindi.