Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
27.08.2020 6135 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 25 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stantsiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent shahriga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.