Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin yurtdoshimiz Rossiyadan olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
22.09.2020 6422 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 19 - sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 746 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Lixaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.