“Visa”, “Master Card”, “American Express”, “Discover”, “Diners Club”, “JCB”, “Apple Pay”, “Union Pay”, “Google Pay” tizimlari orqali chiptalar sotilmoqda.
Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan joriy yil noyabr oyining 4,6,8,11,13,15 sanalarida Voljskiy – Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Ushbu poyezdlar yuqorida ko‘rsatilgan sanalarda Voljskiydan soat 20:57 da jo‘naydi.
Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni Voljskiy – Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yildi. Voljskiydagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib ham, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy sayti https://e-ticket.railway.uz/ dan chiptalarni elektron tarzda “Visa”, “Master Card”, “American Express”, “Discover”, “Diners Club”, “JCB”, “Apple Pay”, “Union Pay”, “Google Pay” tizimlari orqali xarid qilib ushbu chiptaning elektron ko‘rinishini Rossiya Federatsiyasidagi yaqinlariga jo‘natishlari ham mumkin.