Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni muborak!

Chop etish Sahifani ulashish
15.09.2023 2504 Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarida ko‘p yillar halol va samarali mehnat qilgan yurtdoshlarimiz taqdirlab kelinmoqda.

 

Xususan, Transport vazirligi Daryo transportini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Valijon Azizovga II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini topshrirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Transport vaziri Ilhom Maxkamov Valijon Azizovning soha ravnaqi yo‘lidagi uzoq yillik samarali mehnati va fidoyiligi yoshlarga o‘rnak ekanligini alohida ta’kidlab, ko‘rak nishoni va tegishli guvohnomani tantanali ravishda topshirdi.

 

O‘z mehnat faoliyatini Termiz daryo porti doker-mexanizatorligidan boshlagan Valijon Azizov halol mehnati bilan elda obro‘-e’tibor, e’zoz topgan faxriylarimizdan.