Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mening tanlovim – obod Vatanim!  

Chop etish Sahifani ulashish
25.10.2024 1547 Yangiliklar

Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi.

 

Yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish orqali ularning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi, davlat boshqaruvida munosib nomzodlarni saylash nafaqat konstitutsiyaviy huquqi, balki fuqarolik burchi ekanligi hamda o‘z kelajagi uchun ovoz berishi borasida xabardorligini oshirish maqsadida Transport vazirligida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari haqida ma’lumot berildi. Xususan, aralash saylov tizimi, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar borasida so‘z yuritildi.

 

TDYu Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Akmal Sodiqov tomonidan yosh saylovchilarga mazkur muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish tartibi, nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar hamda ovoz berish jarayonidagi huquq va majburiyatlar ham atroflicha tushuntirib o‘tildi.