Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Metropoliten uchun yosh mashinistlar tayyorlanmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2023 1735 Yangiliklar

Hozirda o`zining temir yo`llariga ega bo`lgan yuridik shaxslarning temir yo`l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida “Metropolitendan foydalanish va harakatni boshqarish” kasbi boʻyicha oʻquv dasturi asosida 47 nafar talaba tahsil olmoqda. Yosh mashinistlar nazariy bilimlarini yakunlab tez kunlarda amaliyotni boshlaydilar.

 

Bugungi kunda “Toshkent metropoliteni” DUK xodimlarini malakasini oshirish hamda mashinistlarni tayyorlashni tashkil qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasida koʻrsatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda ijrosini taʼminlash maqsadida markaz tomonidan 2023-yilning yanvar-aprel oylari oralig’ida 771 nafar tinglovchi o’qitildi.