Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Metropoliten yo'lovchilariga eslatma

Chop etish Sahifani ulashish
14.08.2020 7009 Yangiliklar

 

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasining paydo bo'lishi va tarqalishini oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2020-yil 15-avgustdan boshlab Toshkent metropoliteni yo'lovchilariga o'z eshiklarini ochadi.

 

Shu bilan birga, metropoliten ishi hozirgi vaqtda zarur qoidalar va me'yorlarga rioya etilishini hisobga olgan holda tashkil etilganligini eslatib o'tamiz. Jumladan, yo'lovchilar metropolitenga kirganida va yo'l davomida sanitariya talablariga qat'iy rioya etishlari zarur:

- Yo'lovchining vestibulda, stansiya va poyezd vagonlarida bo'lgan vaqtida tibbiy niqob kiyishi shart. Tibbiy niqobsiz yo'lovchilar metroga kirish taqiqlanadi;

- Vestebul va kassalar yaqinida, stansiyada, zinapoyada, eskalatorlarda, shuningdek, metro vagonlarida ijtimoiy masofani saqlash zarur. Ushbu qoidalarga rioya qilish uchun mtropolitenda maxsus ko'rsatma va belgilar, ogohlantiruvchi stikerlar mavjud;

- Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida metropolitenga kiraverishda dezinfeksiya tunnellari, haroratni o'lchash asboblari, shuningdek antiseptik dispenserlar o'rnatilgan. Shu munosabat bilan har bir yo'lovchining tana harorati tekshiriladi (agar tana harorati 370C daraja va undan yuqori bo'lsa o'sha yo'lovchi metroga kiritilmaydi. Barcha yo'lovchilar qo'llarini antiseptik vositasi bilan yuviladi).                                                                                                                                                                                                                       

Hurmatli yo‘lovchilar! 

Metropoliten xizmatidan foydalanganda karantin me’yorlari va belgilangan talablarga og‘ishmay amal qiling. O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligini saqlashga befarq bo‘lmang.