Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

MILLIY TAShUVChILAR DIQQATIGA

Chop etish Sahifani ulashish
16.03.2023 2452 Yangiliklar

 

2023 - yil 13 - martdan Rossiya va Gruziya chegarasida ishlab turgan yagona “Yuqori Lars” (Верхний Ларс) nazorat-o‘tkazish punktida infratuzilmalarni rekonstruktsiya qilish ishlari boshlanishi munosabati bilan yuk avtotransport vositalari harakatlanuvchi yo‘laklarning aksariyati yopildi.

 

Ayni damda nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari uchun tashkil etilgan 11 ta yo‘lakdan faqatgina 6 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘laklar orqali yuk tashuvlari revers rejimida amalga oshirilmoqda.

 

Shu munosabat bilan milliy tashuvchilar O‘zbekistondan Gruziya, Ozarbayjon va Turkiyaga yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirganda yuqoridagi jihatni e’tiborga olishlarini so‘rab qolamiz.

 

Qo‘shimcha ma’lumot: Hozirda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida Yarag-Kazmalyar, Taxirkend-Kazmalyar, Novo-Filya nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.