Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
11.02.2025 682 Yangiliklar

Transport vazirligida "Milliy malaka tizimini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish usullari" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

 

Tadbir Transport va avtomobilsozlik sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish tarmoq kengashi tomonidan Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Seminar davomida milliy malaka tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ta’lim tizimini uyg‘unlashtirish, shuningdek, mutaxassislar malakasiga qo‘yiladigan talablarni huquqiy va institutsional jihatdan tartibga solish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.