Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Milliy tashuvchilar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda    

Chop etish Sahifani ulashish
30.11.2024 477 Yangiliklar

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) bilan hamkorlikda joriy yilning 29-30 noyabr kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatlari xalqaro tashuvchilari ishtirokida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

Uchrashuvlarda milliy tashuvchilarimiz xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar va vaziyatlar atroflicha muhokama etildi. Hamda ularning yechmi yuzasidan tashuvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashildi. Transport vazirligi hamda AIRCUZ mutaxassislari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

 

Bu kabi sayyor uchrashuvlar yil yakuniga qadar mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.