Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA

Chop etish Sahifani ulashish
27.01.2025 298 Yangiliklar

Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport kompaniyalari faoliyati uzluksizligini ta’minlash, milliy tashuvchilarning xalqaro ruxsatnoma blankalariga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi transport vazirligi bilan muntazam ravishda muzokaralar olib bormoqda.

 

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining 2024-yil namunasidagi uch tomonlama ruxsatnoma blankalari amal qilish muddati 2025-yil 31-martga qadar uzaytirildi.

 

Shuningdek, quyidagi davlatlarning 2024-yil namunasidagi ruxsatnoma blankalarining amal qilish muddati esa 2025-yil 31-yanvarga qadar ekanligini eslatib o‘tamiz.

 

Avstriya, Ozarbayjon, Belorussiya, Bolgariya, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Gruziya, Ispaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Latviya, Litva, Moldova, Mongoliya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveytsariya, Estoniya, Ukraina hamda O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy yo‘nalishidagi ruxsatnoma blankalari.