Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Milliy tashuvchilar manfaati himoya qilinadi

Chop etish Sahifani ulashish
04.03.2020 7194 Yangiliklar

Bugun, 4 mart kuni Transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘anyiev ishtirokida eksport, import va tranzit tashuvlarini samarali tashkil etish va transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatishdagi dolzarb muammolar, shuningdek, respublikamiz tranzit salohiyatni oshirish masallariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan davra suhbatida transport tizimi korxonalari, ekspeditorlik va logistika tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida milliy tashuvchilar imkoniyatlarini yanada kengaytirish, raqobat bozorida ularning mavqeini mustahkamlash, eksport va import yuk tashuvlarida ularning salmog‘ini oshirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan korxona vakillari bugungi kunda ish jarayonida duch kelayotgan turli muammolar va o‘zlarini qiynayotgan masalalarni aytib o‘tishdi.

Har bir muammoli xolatning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.