Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Misr bilan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
27.04.2021 4970 Yangiliklar

 

 

Joriy yilning 26- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Faxmi xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Faxmi xonim mamlakatlarimiz o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikning rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlab, Toshkent – Xurgada o‘rtasida qatnovlarning yo‘lga qo‘yilganini alohida qayd etib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomonidan Sharm-al-Shayxga qatnovlarni muntazam ravishda yo‘lga qo‘yish, Misrning tayinlangan aviakompaniyasi «Air Cairo» tomonidan Toshkent – Qohira va Toshkent – Xurgada yo‘nalishida reyslar sonini ko‘paytirish, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Farg‘onadan Qohiraga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin vaqt oralig‘ida O‘zbekiston va Misr aviatsiya ma’muriyatlari hamda tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari ishtirokida ko‘tarilgan masalalarni chuqur o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi.