Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Misrga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
22.01.2022 4916 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasining Qohira shahridagi Elchixonasi xabariga ko‘ra, Misr Sog‘liqni saqlash va aholishunoslik vazirligi mamlakatga havo, dengiz portlari va quruqlikdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirishda o‘zgarishlar bo‘lganini ma’lum qildi.

2022 - yil 22 - yanvaridan boshlab Misrga kelgan barcha fuqarolar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yoki mamlakat Dori-darmon agentligi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni taqdim etishlari shart. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno.

Shu bilan birga, Sinopharm, Sinovac, AstraZeneca, Sputnik V, Moderna, Pfizer va Johnson & Johnson vaksinalari Misrning o‘zida favqulodda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan.

Emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatda sayohatchi kelishidan kamida 14 kun oldin bir martalik vaksinaning bitta dozasini yoki ikki martalik vaksinaning oxirgi dozasini olganligini ko‘rsatishi kerak.