Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Misrning “Fly Egypt” aviakompaniyasi havo kemasi bilan sodir bo‘lgan avihodisa yuzasidan rasmiy izoh

Chop etish Sahifani ulashish
27.05.2021 4427 Yangiliklar

 

Joriy yilning 26 - may kuni Toshkent – Qohira yo‘nalishi bo‘yicha FEG 1402 qatnovini bajarayotgan “Fly Egypt” aviakompaniyasining ro‘yxat raqami SU TMG bo‘lgan, Boeing-737 rusumli havo kemasi ekipaji “Toshkent” aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirgan.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 dekabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiya havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya halokati va intsidentlarini tekshirish qoidalari”ga muvofiq aviahodisa tekshiruvini o‘tkazish yuzasidan komissiya tuzildi.

Komissiya tomonidan holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.