Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mo‘g‘uliston bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
10.02.2025 244 Yangiliklar

Transport vazirligida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston Qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Ikki mamlakat transport vazirligi mutasaddi vakillari ishtirokida  bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni rivojlanish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish masalalari muhokama etildi.

 

Yig‘ilishda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

 

Uchrashuvda har ikki tomon vakillari xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2025-yilga mo‘ljallangan ruxsatnoma blankalarini 2 barobarga ko‘paytirishga kelishib oldilar.

 

Shuningdek, tomonlar yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron «E-Permit» ayirboshlash tizimi joriy etishni bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.