Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mo‘g‘uliston bilan transport sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
03.06.2022 3995 Yangiliklar

 

Bugun, 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Mo‘g‘uliston yo‘llar va transportni rivojlantirish vazirligi Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish departamenti Bosh direktori Munxtuya Chimeddorj xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi.

Xususan, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlari o‘rtasida Havo qatnovi to‘g‘risida hamda xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risida bitimni tuzish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, milliy tashuvchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratish, yangi transport koridorlarini ochish, joriy bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish maqsadida hukumatlararo tegishli bitim imzolangunga qadar ruxsatnoma blankalarini ayriboshlashga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi va Mo‘g‘uliston yo‘llar va transportni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi protokol imzolandi.