Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Moldovadan 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar Buxarest orqali evakuatsiya qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
11.03.2022 3113 Yangiliklar

 

10 - mart kuni Moldovadan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosini Buxarest (Ruminiya) aeroporti orqali evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi.

Toshkent vaqti bilan 21:10 da Buxarestdan parvoz etgan Uzbekistan airways avikompaniyasi samolyoti 11 - mart kuni soat 01:40 da “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Mazkur reysda olib kelinganlarning 17 nafari ayollar, 5 nafari voyaga etmagan shaxslar va 4 nafari chaqaloqlardir.