Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Moskva – Toshkent yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
23.06.2021 4411 Yangiliklar

 

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Moskva – Toshkent yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur poyezd joriy yil 28 - iyun kuni Moskva Kazanskiy – Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Ushbu poyezd Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi.

Shuningdek, 25 - iyun kuni Voljskiy  – Toshkent yo‘nalishida ham 1 ta maxsus poyezd qatnovini amalga oshiradi. Bu poyezd Voljskiy vokzalidan soat 20:57 da jo‘naydi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva – Toshkent hamda Voljskiy – Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.