Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglamentni tasdiqlash haqida" qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaning maqsadi - inson hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslar, davlatning mol-mulkini himoyalash, atrof muhit, o‘simliklar va jonivorlar hayoti yoki sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek, xaridorlar va iste’molchilarni (foydalanuvchilarni) ularning faoliyati davomida vazifasi va xavfsizligiga nisbatan adashishiga olib keluvchi harakatlardan ogohlantirish maqsadida, g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarishda, ta’mirlash va foydalanish jarayonlari uchun minimal kerakli xavfsizlikka bo‘lgan yagona majburiy talablarni belgilashdan iborat.
Loyihada g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarishda ularga qo‘yiladigan texnik talablar, ularni sinovdan o‘tkazish va mazkur umumiy texnik reglamentga muvofiqligini baholash tartibi belgilangan. Reglamentni ishlab chiqishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qoidalari (BMT Qoidalari) va Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining umumiy texnik reglamenti talablari qo‘llanilgan.
Reglamentda g‘ildirakli transport vositalari va ularning qismlariga, ularning harakat xavfsizligiga, aktiv xavfsizligiga, passiv xavfsizligiga, ekologik xavfsizligiga BMT Qoidalarida belgilangan talablar kiritilgan.
Qaror loyihasi bilan tanishish.