O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy - ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Videokonferens aloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda hududiy transport boshqarmalaridan 300 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti katta o‘qituvchisi O‘tkir Mavlonov mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni belgilovchi, O‘zbekistonni yaqin yillarda kompleks rivojlantirishning ustuvor jihatlarini belgilab bergan Murojaatnomaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ochiq, samimiy va rasmiyatchilikdan holi tarzda o‘tkazilgan davra suhbatida mamlakatimiz taraqqiyoti uchun kontseptual ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning o‘ziga xos jihatlari, undan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi.
Murojaatnomani o‘rganish va unda belgilangan vazifalarning ijrosini to‘liq ta’minlash Transport vazirilgi xodimlarining doimiy e’tiborida bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Zero, Murojaatnomada mamlakatimiz transport sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar ham beligilab berilgan.