Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Namangan shahrida yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
11.10.2024 1140 Yangiliklar

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullaniluvchi “Ekspress Dolina” MChJ QKga tegishli 26 dona YUTONG rusumli avtobuslar 10 oktyabr sanasidan yo‘nalishlarga chiqarildi.

 

Yangi avtobuslar Namangan shahrining 1-sonli “Otchopar bosh bekati - Taxtako‘prik” va 3-sonli “Yuksalish – Chorsu” yo‘nalishlarida harakatlanmoqda.

 

Shuningdek, tez kunlarda 2-sonli “Otchopar bosh bekati - Chorsu” yo‘nalishida ham 12 dona yangi avtobuslarda xizmat ko‘rsatilishi boshlanadi.

 

Ushbu yo‘nalishlarda qatnovlar brutto-shartnomasi asosida amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59 son qarori ijrosi doirasida viloyatlarga yangi zamonaviy avtobuslar olib kelinishi davom etmoqda.