Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«Andijon-Termiz-Andijon» yoʻnalishida yangi yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Chop etish Sahifani ulashish
19.08.2021 7725 Yangiliklar

 

Yurtdoshlarimizga mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishlari hamda ularga yana-da koʻproq transport xizmatlarini koʻrsatish maqsadida, 2021-yil 22-avgustdan boshlab, «Andijon-Termiz-Andijon» yoʻnalishida 660/659-sonli yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli yoʻlovchi poyezdi Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan oʻtib, Termiz shahriga yetib boradi.

Shuningdek, 659-sonli yoʻlovchi poyezdi 23-avgustdan boshlab, har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.