Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Nukus aeroportida boshqaruv dispetcherlik punkti ochildi

Chop etish Sahifani ulashish
20.05.2023 2166 Yangiliklar

Bugun, 20-may kuni “O‘zaeronavigasiya” markazining Nukus xalqaro aeroportidagi havo harakatini kuzatish va boshqarish bo‘yicha kuzatuv xonasiga ega yangi Boshqaruv dispetcherlik punktining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur inshootning loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor O‘rinbay Toreniyazov tomonidan boshlanib, loyihalash ishlari uning o‘g‘li Nurniyaz Toreniyozov tomonidan yakunlangan.

 

Mazkur bino foydalanishga topshirilishi natijasida Nukus havo harakatini boshqarish hududiy bo’linmasi xodimlarining ish faoliyati uchun yanada qulay sharoit yaratildi.

 

Bu esa o‘z navbatida uchish-qo'nish yo'lagi, boshqaruv yo’laklari, texnik vositalar va havo kemalari harakatining yanada yorqin ko’rinishi hamda havo kemalarining uchish, qo'nish va boshqaruv paytidagi xavfsizligini yanada sifatli ta'minlash, shuningdek, havo harakatiga xizmat ko‘rsatish va parvozlarni radiotexnik jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni zudlik bilan hal etish imkoniyatini yaratdi.