Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Nukusda yoʻnalishli avtobuslar qatnoviga ruxsat berildi

Chop etish Sahifani ulashish
11.08.2020 6565 Yangiliklar

 

Nukus shahrida 10-avgustdan boshlab yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan A.Dosnazarov, Toʻrtkoʻl guzari, Sh.Rashidov koʻchalari boʻylab 45 ta yoʻnalishli avtobuslarning qatnovi qayta tiklandi.

“Avtotrans Chimboy” davlat unitar korxonasiga tegishli avtobuslar karantin talablariga amal qilgan holda Nukus shimoliy avtovokzali – Nukus shahar Savdo kompleksi, Samonbay – Nukus shahar savdo kompleksi, Jiydeli baysin – Harbiy gornizon, Boz ovul – Qum ovul kabi asosiy 9 ta yoʻnalishda harakatlanadi.

Shuningdek, maxsus litsenziyaga ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilarning kun davomida harakatlanishiga ruxsat berildi. Oʻrnatilgan qatʼiy tartibga koʻra avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi, haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi, yoʻlovchilar soni ikki nafardan oshmasligi, avtomobil boshqaruvchisi maxsus kombinezon va himoya vositalari bilan taʼminlangan holda harakatlanishi zarur.