Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“O‘zaviatsiya” agentligi hamda ICАO hamkorligidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
10.09.2024 767 Yangiliklar

“O‘zaviatsiya” agentligi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti (ICАO) hamkorligida Samarqand shahrida “Xalqaro aviatsiya uchun uglerod emissiyalarini qisqartirish va kompensatsiyalash tizimini (CORSIA) joriy etish”ga bag‘ishlangan xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.

 

CORSIA – bu xalqaro aviatsiyada uglerod emissiyalarini qisqartirish va kompensatsiyalash tizimidir. Ushbu tizim xalqaro reyslarni amalga oshirishda CO2 emissiyasini kamaytirish va aviatsiyaning iqlim o‘zgarishiga ta’sirini cheklashga qaratilgan.

 

CORSIA CO2 emissiyasini qoplash uchun ekologik siyosatning bozor vositalaridan foydalanadi: havo kemalari ekspluatantlari uglerod bozorida uglerod kreditlarini sotib olishlari kerak.

 

Tizim xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan ishlab chiqilgan va 2016-yil oktyabr oyida qabul qilingan. Uning maqsadi 2020-yildan boshlab uglerod-neytral o‘sishga erishishdir. 2021-yildan boshlab, ushbu sxema ixtiyoriy bo‘lib, 2027-yildan esa ICАO a'zo barcha mamlakatlar uchun majburiydir.