Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbek – Afg‘on temir yo‘llari o‘rtasida yuk tashuvi tiklandi

Chop etish Sahifani ulashish
10.02.2023 2847 Yangiliklar

 

Joriy yilning 810 - fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” ShK o‘rtasida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘lini ekspluatasiya qilishni kelguvsida davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

 

Shu bilan birga, tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” ShK tomonidan Нayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10 - fevralidan qayta tiklandi.

 

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolandi.